Loyiha haqida

Loyihaning va uning mualliflari haqida

(Boysun tumanida istiqomat qiluvchi aholi shevasi misolida)

                Ushbu “Onlayn shevalar bazasi (Boysun shevasi misolida)” loyihasi Termiz davlat universiteti O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi Xolova Muyassar Abdulhakimovna tomonidan “O’zbek shevalari korpusini tuzishning lingvistik asoslari (Boysun tumani “j”lovchi shevalar misolida)” tadqiqot doirasida tayyorlandi. 

                O’zbek tilining lug’at tarkibi, til tizimi uzoq davrning mahsuli bolib, shu xalqning barcha a’zolari uchun tushunarli, iqtisodiy-ijtimoiy turmushda ko’p qo’llaniladigan, aniq ma’no bera oladigan, so’z yasalishi va yasash uchun asos bo’ladigan juda boy leksema, so’z va so’zshakllariga, frazeologik birliklarga egadir. Bu tilning fonetik, leksik va grammatik turliligi ayni paytda Boysun shevalarining ham boyligi sanaladi.

Shevaga oid ma'lumotlar bazasidagi lingvistik tahlillar bir necha bosqich va prinsiplarga asoslangan holda tuzildi.

Ushbu bazaga murojaat qilinganda foydalanuvchi (baza keng foydalanuvchilar auditoriyasi uchun mo’ljallangan) ga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi.

  1. Bosh sahifa. 2.So’zlar jadvali. 3.Loyiha haqida. 4. Transkripsiya.5. Aloqa

Bosh sahifa. Ushbu sahifada boshqa sahifalarga o’tish imkoniyatlari bilan bir qatorda bazadagi shevaga oid so’zlarning so’z turkumlari bo’yicha umumiy va so’zlarning etimologiyasi statistikasi keltirilgan.

So’zlar jadvali. Sahifada barcha qatorlar soni, izlash, turkum bo'yicha va shevaga xos so’zlarning etimologiya bo'yicha salarash imkoniyatlari nazariy asoslangan va shevalar quyidagicha jadvallardan iborat:

  1. Adabiy til (O’zbek tili izohli lug’atida shevaning mavjud o’rniga urg’u berildi);
  2. transliteratsiya (shevaning lotin grafikasiga asoslangan varianti berildi);
  3. transkripsiya (mavjud jahon standartiga asoslanilgan yunikodlar asosida yondashuv);
  4. turkum (saralash imkoniyati bilan);
  5. izoh;
  6. misol;
  7. sinonim;
  8. omonim;
  9. antonim;
  10. o’zlashgan qatlam (saralash imkoniyati bilan);
  11. boshqa tillardagi tarjimasi (bunda shevaga oid so’zning  to’g’ridan to’g’ri  yoki muqobil rus va ingliz tarjimasiga asoslaniladi).

Loyiha haqida. Sahifada ma’lumotlar bazasini tuzishdan maqsad, foydalanuvchiga ko’rsatmalar va shevalar bazasining imkoniyatlari haqida ma’lumotlar aks etadi.

Transkripsiya. Sahifa dialektolog tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda transkripsion belgilarning yunikodlari va undan foydalanish yo’riqnomasi berilgan.

Aloqa. Ushbu sahifa orqali onlayn shevalar  bazasi muallifi bilan bog’lanish mumkin. xolovam@tersu.uz +99897 530 50 21

Ushbu “Onlayn shevalar bazasi (Boysun shevasi misolida)” loyihasi materiallarini tayyorlashda  Rahimov S. “O’zbek tili Surxondaryo shevalari” monografiyasi, Sh. Xolmirzayev va Tog’ay Murodning badiiy asarlari, Boltayev  Shoberdi tomonidan aytilgan dostonlar, 2006-2008 yil oralig’ida chop etilgan 5 tomli “O’zbek tili izohli lug’ati”, Rahimov S. “Surxondaryo o’zbek shevalari” “Attuhfatuz zakiyatu fillug’atit turkiya (Turkiy til (qipchoq tili) haqida noyob tuhfa)”, N.Mirzayev “O’zbek tili etnografizmlarining izohli lug’ati”, S.Ibrohimov “Farg’ona shevalarining kasb-hunar leksikasi” kabi lug’atlardan hamda  http://www.jcreview.com/fulltext/197-1587301396.pdf kabi sayt materiallardan foydalanildi.

Sayt materiallaridan ommaviy foydalanish, nusxa olish, qayta ishlash jarayonida muallif tomonidan  material muallifi,  ushbu material mavjudligini ko’rsatish maqsadida faol havola http://dialect.uz/dialects  berilishi so’raladi.

Loyiha haqida fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz.